Eriksen "Inter"da qancha maosh oladi?

Alisher
25 yanv 2020, 14:15
"Inter" "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksenni transfer qilishga yaqin.

Futbolchi tez orada Milan klubiga o'tishi kutilmoqda. Shuningdek, daniyalik pleymeykerning Italiyadagi maoshi ham ma'lum bo'ldi.

Xabarlarga ko'ra, Eriksen haftasiga 300 ming evro maosh oladi. "Inter" futbolchining o'zi uchun "shporlar"ga 20 million evro o'tkazib beradi.

Eriksen joriy mavsum APLda 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports