Eriksen Angliya, Daniya va Niderlandiya klublaridan taklif oldi

Alisher
31 dek 2021, 14:17
Daniyalik futbolchi Kristian Eriksen Angliya, Niderlandiya va Daniya klublaridan taklif oldi.

"Inter" dekabrda 29 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilgan edi. Sog'ligidagi muammo sabab u A Seriyada o'ynay olmaydi.

"Erik Daniya, Niderlandiya va Angliya klublaridan 4-5ta taklif oldi. U tezroq o'yinga qaytish uchun ishlamoqda va mashg'ulotlar olib bormoqda", - deb yozadi Skira.

Eriksen - Italiya chempionati g'olibi va uch karra Niderlandiya chempioni.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira