Erik Ten Xag: "Manchester Yunayted"ning joyi Chempionlar ligasida"

Narzulla Saydullayev
26 may 2023, 08:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Chempionlar ligasiga yo'llanma olinganidan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

Mankunianliklar kecha "Chelsi"ni mag'lub etishdi (4:1) va keyingi mavsum YCHLda o'ynash huquqini qo'lga kiritishdi.

"Bu klubning joyi Chempionlar ligasida. Premer-ligada bunga erishish qiyn, sababi ko'plab klublar YCHL uchun kurashishadi.

G'alaba qozonishni xohladik va buni ko'rsatdik. "Chelsi" safida kuchli futbolchilar ko'p, ammo biz qarshi hujumlarda xavfli edik va ko'proq hujum qildik. Yakunda to'rtta gol urdik. Biz yanada ko'proq gol urishimiz kerak edi, shu o'rinda raqib ham gollar urishi mumkin edi.

Biz mavsumni 3-o'rinda tugatishimiz mumkin. Koncentraciyani saqlab qolish va jarohat olmasligimiz kerak. So'nggi turdagi bahs juda muhim, biz uni yutmoqchimiz", - dedi Erik Ten Xag.

Ma'lumot uchun, MYU so'nggi turda o'z maydonida "Fulxem"ni qabul qiladi. "Qizil iblislar"dan 2 ochko kam to'plagan va to'rtinchi o'rinda borayotgan "Nyukasl" esa safarda "Chelsi" mehmoni bo'ladi.

 


MUSOBAQA JADVALI

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: BBC