Erik Garsiya sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 13:30
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya qishki transferlar oynasi vaqtida "Barselona"ga o'tishi mumkin.

"Sport.es" xabariga ko'ra, tomonlar ushbu oy yakuniga qadar shartnomaning bandlarini kelishib olishi kerak. "Ko'k-anorranglilar" 20 yoshli fullbek bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Erik Garsiya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yildan buyon "shaharliklar" tarkibida harakat qilmoqda. Uning hisobida APLning ushbu mavsumdagi 14 o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es