

31-turdan so'ng kataloniyaliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "qirollik klubi"ni 9 ochkoga ortda qoldirishmoqda. La Liganing 35-turi doirasidagi "El-Klasiko" 10 may kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.
"Agar bizga "oltin yo'lakcha" (koridor pocheta) tashkil qilishsa, demak biz allaqachon g'alaba qozongan bo'lamiz. Men chempionlikni iloji boricha tezroq qo'lga kiritishni istayman, shunday ekan, savolingizga javob berib bo'ldim.
Qachonki raqibingiz sizni mag'lub etsa, siz oddiy hurmatni namoyish etishingiz kerak. Raqibimiz kim bo'lishidan qati nazar, biz buni albatta amalga oshirgan bo'lardik", - dedi Garsiya.



