Enrike: "Agarda bosh hakam uchinchi marta penalti berganida ham Ramos uni tepardi"

Mirjalol Normatov
15 noya 2020, 12:25
Ispaniya termasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar ligasi doirasida Shveytsariya termasiga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Biz ko'proq ochko yig'a olishimiz mumkin edi. Biroq vaziyatlarni chuqur taxlil qilib, "biroz vazn tashlash" kerak. Buning vaqti keldi.

Bugun g'alabaga loyiq edik. Mashg'ulotlarda talab qilgan ishlarimni futbolchilar bajara olishmoqda. Bu esa menga yoqdi. Asosiy g'oyamiz - chuqur pressing va to'pni ushlab turish.

Ramosning penalti tepish statistikasi ko'p narsani anglatadi. Agarda bugun bosh hakam uchinchi marta penalti berganida ham uni Serxio tepgan bo'lardi", - dedi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal