Emre Jan saraton kasalligiga qarshi kurash haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023, 21:22
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Emre Jan saraton kasalligiga qarshi kurashib kelmoqda.

Ushbu xastalik futbolchida 2018 yilda "Liverpul"dan "Yuventus"ga o'tayotganda aniqlangan. 

"Menda qalqonsimon bez kasalligi bor edi va shoshilinch jarrohlik amaliyotiga muhtoj edim. Bu mening hayotimda juda ko'p narsani o'zgartirdi. Sizda juda ko'p pul bo'lishi mumkin, sizda hamma narsa bo'lishi mumkin, lekin sog'liq barchasidan muhim. Bu hayotning bir qismi va men barchaga tekshiruvlardan o'tishni maslahat beraman. Inson o'zini qanchalik sog'lom, deb hisoblamasin, agar muammo haqida o'z vaqtida xabar topsangiz, harakat qilish mumkin.

"Yuventus" shifokorlaridan minnatdorman. Klubda tibbiy ko'rikdan o'tganimdan ikki hafta o'tib qo'ng'iroq qilishdi. Men nima bo'layotganini bilmasdim, hatto qalqonsimon bez nima ekanini bilmasdim va saraton kasalim bor, deb o'ylamagandim. Turinga ko'chib o'tishning hech bo'lmaganda shu tomoni yaxshi bo'ldi", – dedi Emre Jan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN