Emre Jan "Borussiya" yangi sardoriga aylandi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2023, 14:37
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Emre Jan jamoa sardori etib tayinlandi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Shu yozda Marko Roys sardorlik bog'ichidan bosh tortgandi.

29 yoshli germaniyalik futbolchi 2020 yildan buyon "asalarilar" safida o'ynab kelmoqda. U jamoa safida 121 ta rasmiy o'yin o'tkazgan.

Jan – "Bavariya" tarbiyalanuvchisi. U "Bayer", "Liverpul" va "Yuventus"da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bvb.de