Emiliano Martinesning akasi darvozabon nima uchun "Manchester Yunayted"ga o'ta olmaganini tushuntirib berdi

Sherzod Nurmatov
6 sen 2025, 15:53
"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesning akasi Alexandro Martines yakuniga etgan yozda darvozabonning MYUga kutilgan transferi nima uchun amalga oshmay qolganini tushuntirdi.

"Rahbariyat uni sotishni istamadi, chunki u jamoaning asosiy futbolchisi. Bu tijorat masalasi edi. Bunday qarorlarni klub rahbariyati qabul qiladi. Kelishuv amalga oshmadi, ammo biznesda shunday.

Masalaning sport tomonini hech qanday aloqasi yo'q edi, hozir hammasi joyida. Emi hech qachon "Villa" ustozi Unai Emeri bilan tortishib qolmagan, hammasi rahbariyatning nazorati ostida edi, shunchaki klublar bir to'xtamga kela olmadi", – dedi Alexandro Martines.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated