Emiliano Martines: "Arsenal"ga faqat pul uchun o'tgandim"

Narzulla Saydullayev
6 sen 2021, 16:31
"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines 16 yoshligida "Arsenal"ga nima uchun o'tganini aytib berdi.

"Arsenal" meni kuzatdi va bosh murabbiyimiz bunday imkoniyat bir marta bo'lishini aytdi. Oilam va agentlarim ham shunday o'ylashdi.

Men esa "Arsenal"ga borishni xohlamagandim. O'shanada "Independente"da o'ynashni istagandim. Vaqt o'tib bordi va o'ylardim: "Agar klubda qolganimda, ikki yildan so'ng debyut qilardim".

Oilamda pul bilan muammo bor edi. "Arsenal"ga faqat pul uchun o'tganman, sport uchun emas", – deydi Martines.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: elpais.com