Emerining birinchi o'yinida "Arsenal" 8:0 hisobida yutdi, Obameyangdan xet-trik

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2018, 19:27
Londonning "Arsenal" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Unai Emeri boshchiligidagi dastlabki o'yin Angliyaning beshinchi divizionida ishtirok etayotgan "Borem Vud" klubiga qarshi o'tkazildi. Mazkur o'yinda "kanonirlar" 8:0 hisobida zafar quchishdi.

Per-Emerik Obameyang 10 daqiqa ichida uchta gol urishga erishdi.


"Borem Vud" - "Arsenal" 0:8
Gollar
: Obameyang 7, 9, 17 penalti, Reys Nelson 35, Lyakazett 40, Nketia 53, Rene Adelaide 71, Mxitaryan 80.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia