Emeriga MYU futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
28 okt 2018, 14:26
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata yozda jamoani tark etishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchini "Arsenal" o'z safiga qo'shib olishga tayyor turibdi. Uning transferini Unai Emeri qo'llab-quvvatlamoqda. Mataning MYU bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin o'z yakuniga etadi.

Mata bu mavsumda MYU tarkibida 9 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal