Emeri: "Murabbiylar orasida Gvardioladan kuchlirog'i bor deb o'ylamayman"

Aslanov Jasurbek
2 fev 2019, 15:37
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Manchester Siti"ga qarshi APLning 25-tur o'yinidan oldin raqib jamoasidagi hamkasbi haqida fikr bildirdi.

"Ko'plab jamoa va mutaxassislarni tahlil qildim. Gvardioladan kuchliroq murabbiyni topish qiyin. Faoliyatimizni birga boshlaganmiz: U "Barselona"ning ikkinchi jamoasida, men esa "Lork" va "Almeriya"da. Uning jamoasini kuzatib, ko'p narsani o'rganganman" - deydi Emeri.

"Manchester Siti" - "Arsenal" uchrashuvi 3 fevral kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com