Emeri A Seriya klubiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin

Alisher
2 iyul 2020, 13:15
"Fiorentina" jamoaga ispaniyalik mutaxassis Unai Emerini taklif qilmoqchi.

Italiya klubi "Sevilya", PSJ va "Arsenal" (London)ning sobiq bosh murabbiyi bilan aloqaga chiqqan.

Eslatib o'tamiz, Emeri 2019 yilning kuzida "Arsenal"dan iste'foga chiqarilgandi va shundan beri ishsiz yuribdi.

"Fiorentina" esa A Seriyada 29 turdan so'ng 13-o'rinda bormoqda. Jamoani ayni damda Juzeppe Yakini boshqarib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira