Elnur Mamedov “So'g'diyona” stadioniga tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2017, 20:28
Bugun Osiyo Futbol Konfederatsiyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov “So'g'diyona” stadioniga tashrif buyurdi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov hamroxligida tashrif buyurgan OFK vakili “So'g'diyona” stadionida bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, stadionda muxlislarga  va futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

Mutaxassis “So'g'diyona” sport majmuasida nafaqat futbol,shuningdek engil atletika,suzish,badiiy gimnastika va sport gimnastikasi,boks  sport turlari bilan shug'ullanish  uchun yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berdi.

Shundan so'ng,klub rahbariyati,marketing bo'limi,matbuot xizmati,buxgalteriya  bo'limi va boshqa hodimlar bilan davra suhbati o'tkazildi. Unda,tajribali mutaxassis  klub hamda stadionda olib borilayotgan ishlar haqida so'radi va klub marketing ishlarini rivojlantirish borasida o'zining qimmatli maslahatlari bilan o'rtoqlashdi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia