

1 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasi doirasidagi “Vissel Kobe” (Yaponiya) - “Melburn Siti” (Avstraliya) jamoalari o'rtasidagi o'yinda Rustam Lutfullin boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi.
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
️Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal Giyasov
️Zaxira hakami: Asker Najafaliev
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
️AVAR hakami: Abdurashid Xudayberganov
29 sentyabr kuni OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasining “Al Garafa” (Qatar) - “Al Sho'rta” (Iroq) jamoalari o'rtasidagi bahsda ham o'zbekistonlik hakamlar ishlaydi.
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
AVAR hakami: Akobir Shukurullaev



