Eldor Suyunov "qo'lqoplarini mixga ildi"

27 mar 2026, 21:55
O'tgan mavsumda "Neftchi" tarkibida O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan darvozabon Eldor Suyunov futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Bu haqda saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'z telegram kanalida ma'lumot berdi.

Ma'lumot uchun, Eldorbek Suyunov faoliyati davomida “Nasaf”, “Paxtakor”, “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari tarkibida harakat qilib, 2tadan O'zbekiston kubogi va Superkubogi, shuningdek, 6 marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan.

O'zbekiston terma jamoasi tarkibida 27 o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Penalty | Narzulla Saydullayev