

Ushbu bahsdan so'ng “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov o'z fikrlarini bildirdi.
“G'alaba qozonadigan o'yinimizda mag'lubiyatga uchradik. Albatta, “Al Ayn”ga qarshi o'z uyimizda imkoniyatni boy berib qo'yganimiz juda ham alamli. Nasib qilsa keyingi uchrashuvda g'alaba qozonsak hammasi yaxshi bo'ladi, deb o'ylayman. Mag'lubiyatga sabab, qayerdadir omad, qayerdadir tajriba yetishmadi. Umumiy oladigan bo'lsak o'yinda barcha futbolchilar birdek harakat qildi. Penalti va o'yinni boshqarib borgan hakam to'g'risida hech nima deya olmayman. Ularni nazorat qiladiganlar bor”, - deydi “Bunyodkor” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi.




