Eldor Shomurodov: "Eng yaxshi futbolchi bo'lganimdan ko'p xursand bo'lmoqchi emasman"

Narzulla Saydullayev
25 dek 2021, 15:57
2021 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov o'z fikrlarini bildirdi.

"Barchaga assalomu alaykum. To'g'risini aytsam bu sovrinni yutganimdan ko'p xursand bo'lmoqchi emasman. Sababi birinchisini yutganimdan keyin bir yil pauza bo'lib qoldi. Hisoblab ko'rsam Odil akaning (Ahmedov) rekordini yangilay olmas ekanman (kuladi). Albatta bu hazil.

Yoshligimda ko'pchilik o'zbekistonlik futbolchilar ham dunyoning kuchli ligalarida o'ynay oladimi degan savol berishadi. O'z o'yinlarim bilan o'sha savollarga javob berdim deb o'ylayman.

Bu yil ko'proq omadim keldi deb o'ylayman, chunki Masharipov ham, Norchaev ham sovrin uchun munosib o'yin namoyish etishgandi. Barchaga rahmat aytaman", - dedi 2021 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi Eldor Shomurodov.



Shomurodov va Berdiev tengsiz! UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia