"El Klasiko"ni boshqaradigan hakam aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
24 fev 2020, 19:29
Ispaniya FF LaLiga 26-turi doirasidagi "Real" - "Barselona" uchrashuvi bosh hakamini ma'lum qildi.

Ushbu uchrashuvni Antonio Mateo Laos boshqaruvidagi hakamlar boshqarib borishadi. Uchrashuv video-assistent hakami esa Aleksander Gonsales Gonsales bo'ladi.

Laos faoliyati davomida faqatgina bir marta "El Klasiko"da ishlagan va 2013/14 yilgi mavsumda "Kamp Nou"da o'tgan o'yinda mezbonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishishgan.

Uchrashuv 1 mart kuni tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: laliga.com