Ekvador bosh murabbiyi Reynaldo Rueda: "Bizga tajriba yetishmadi"

Aziz Tukhtamuradov
26 iyun 2014, 08:41
Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi Reynaldo Rueda francuzlarga qarshi o'yinda shogirdlariga tajriba yetishmaganligini aytib o'tdi.
"Turnir judayam qisqa va Shveytsariyadan uchralgan mag'lubiyat bizni "sindirdi". Biz Fransiyadek kuchli jamoaga qarshi o'yinda o'z oldimizga g'alaba qozonish vazifasini qo'ygan edik.
Barcha harakat qildi. Lekin, tajriba baribir o'z so'zini aytdi.
Bunday o'yinlarda golli vaziyatlar kam bo'ladi. O'sha vaziyatlargi golga aylantirishda e'tiborsizlikka yo'l qo'ydik", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net