Ektor Kuper: "JCH-2022ga chiqish uchun ko'p mehnat qilish lozim"

Narzulla Saydullayev
6 avg 2018, 08:26
Argentinalik mashhur murabbiy Ektor Kuper bugun tongda yurtimizga yetib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mutaxassisni futbol jamoatchiligi kutib oldi. Kuper aeroportning o'zidayoq qisqa intervyu berishga ham ulgurdi.

- Nima deb o'ylaysiz O'zbekiston 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqa oladimi?
- Men optimistik ruhda bu erga keldim. Nasib qilsa albatta 2022 yil Qatarda o'tadigan mundialga chiqamiz. Faqat buning uchun ko'p mehnat qilish kerak.

- O'zbekiston terma jamoasi hozir qanday darajada deb o'ylaysiz?

- Yaxshi formada deya olaman. Ammo albatta uni yanada yaxshilash kerak. Menga terma jamoa bilan to'liq tanishib olish uchun ma'lum vaqt kerak bo'ladi, - deydi Ektor Kuper.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia