Edegor: "Real"dagi vaqtim yakunlangani yo'q"

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2017
"Real" yarim himoyachisi, hozirda ijara asosida "Xerenven"da to'p tepayotgan Martin Edegor kelajakda "Qirollik klubi"da muvaffaqiyatlarga erishishi haqida aytdi.

"Odamlar "Kastilya"da o'ynash va o'sishda davom etishi uchun "Real" bilan shartnoma tuzganimni unutib qo'yishmoqda. Maydonga ko'p tushdim, endi o'zimni Gollandiyaning oliy ligasida sinab ko'rmoqchiman. Men faoliyatimda oldinga qadam tashladim. "Real"dagi vaqtim yakunlangani yo'q. "Xerenven"da tajriba to'plab, 2018 yilning yozida "Real"ga qaytmoqchiman" - deydi Edegor.

Edegor 2018 yilning yozigacha ijarada o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild