

Qizig'i shundaki, Mbeumo - "Manchester Yunayted" safida "Arsenal", "Manchester Siti" va "Liverpul"ga Premer-liga bir mavsumida gol urgan ilk o'yinchi bo'ldi - bundan avval buni Markus Reshford 2022/23 yilgi mavsumda amalga oshirgandi.
Bundan tashqari, 26 yoshli kamerunlik futbolchi jamoadagi debyut mavsumida ushbu natijaga erishgan Robin van Persidan (2012/13 yilgi mavsum) keyingi birinchi futbolchi bo'ldi.
Mbeumo yozda "Brentford"dan 75 mln evro evaziga "Old Trafford"ga ko'chib o'tdi. Hozirga qadar u 19 o'yinda 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani qayd etdi.



