Martin Demichelis LaLiga jamoasini boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 fev 2026, 21:10
Martin Demichelis "Malorka"ni boshqarish borasida kelishuvga erishdi.

"Marca" ma'lumotiga ko'ra, "Malorka" taklif qilgan 3 oylik shartnomaga faqatgina Demichelis rozilik bildirgan. Klubning argentinalik bilan navbatdagi mavsum uchun rejalari ma'lum emas.

45 yoshli murabbiyning so'nggi jamoasi Meksikaning "Monterrey" jamoasi bo'lgan va u erni 2025 yilda tark etgandi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca