Demichelis "Espanol" bilan shartnomasini bekor qiladi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2017
Espanol bosh murabbiyi Kike Floresning aytishicha, Martin Demichelis yaqin orada klubni erkin agent sifatida tark etadi.

"Kelishuv dushanbada bekor qilindi. Lekin, u yangi klub topmagunicha "Espanol" futbolchisi bo'lib qoladi", - deydi murabbiy.

Ushbu mavsumda 36 yoshli argentinalik futbolchi 2 marotaba "Espanol" libosida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana