Edegor "Real" bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga uchib ketdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 10:15
Norvegiya yarim himoyachisi Martin Edegor "Real" sharafini himoya qiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Stryomsgodset" futbolchisi "Qirollik klubi" vakillari bilan uchrashish uchun 6 yanvarda otasi Xans Erik va agent Tore Pedersen bilan Madridga uchib ketdi. Bundan tashqari, ispan grandi Edegorga 16 raqamli futbolka sovg'a qildi.

Eslatib o'tamiz, Edegor so'nggi vaqtlarda bir qancha grand jamolar mehmoni bo'ldi. Uning xizmatlariga "Barselona", "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Liverpul" va "Bavariya" kabi jamoalari qiziqish bildirgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com