YCHLdagi o'yin muxlislarsiz o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 mar 2020, 13:29
Koronavirus tufayli YCHL doirasidagi PSJ - "Borussiya" D uchrashuvi muxlislarsiz o'tishi mumkin.

"Canal Plus France" xabariga ko'ra, Parij klubi futbolchilariga boshqalar bilan qo'l siqib ko'rishishni taqiqlab qo'yilgan. Undan tashqari, jurnalistlarga intervyular berishni ham cheklab qo'yishgan.

Fransiyada ushbu virus bilan kasallanganlar 100dan oshib ketgan.

 PSJ - "Borussiya" D uchrashuvi 11 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi. Birinchi uchrashuvda dortmundliklar 2:1 hisobida g'alabaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Canal Plus France