YCHL. Mavsumning eng yaxshi to'purarlari Bundesliga klublarida o'ynaydi

24 avg 2020, 02:45
Chempionlar Ligasining 2019/20 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski turnirning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Polyak YCHLning joriy mavsumida jami 15 ta gol urdi.

"Bombardirlar ro'yxati"da 2-o'rinni Erling Xoland egallagan. U "Red Bull Zalcburg" safida 8, qishda "Borussiya"ga ko'chib o'taganidan keyin yana 2 ta gol urdi.

3-pog'onaga "Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri joylashgan. Kelib chiqishi ivuarlik bo'lgan Germaniya terma jamoasi a'zosida 9 gol bor.

Xullas, YCHL to'purarlari ro'yxatida yuqori o'rinlarni Bundesliga o'yinchilari qo'lga kiritdi.

YCHL. "Bavariya" - turnirning barcha o'yinlarini yutgan 1-jamoa 

O'xshash yangiliklar


Manba: Wikipedia