

"H" guruhi doirasida Shveytsariyaning "Yang Boyz" jamoasi Angliyaning "Manchester Yunayted" klubini qabul qiladi. Uchrashuv ertaga 23:55da start oladi. Mankunianliklar bugun o'yin bo'lib o'tadigan Bern shahriga yetib bordi. MYU matbuot xizmati jamoaning Shveytsariyaga borishidan suratlarni chop etdi.

"Manchester Yunayted"ning Shveytsariyaga kelgan tarkibi:
Darvozabonlar: David De Xea, Serxio Romero, Li Grant.
Himoyachilar: Eshli Yang, Kris Smolling, Lyuk Shou, Erik Bayi, Diegu Dalot, Matteo Darmian, Viktor Lindelyof.
Yarim himoyachilar: Pol Pogba, Maruan Fellayni, Xuan Mata, Ander Errera, Andres Pereyra, Fred, Skott MakTominey, Nemanya Matich.
Hujumchilar: Romelu Lukaku, Antoni Marsyal, Markus Reshford, Aleksis Sanches.








