

Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan uchrashuv - "Benfika" - "Inter" o'rtasidagi bahsda mehmonlar 0:2 hisobida g'alabaga erishdi. Gollarga 51-daqiqada Barella hamda 82-daqiqada Lukakular mualliflik qilishdi.
"Benfika" - "Inter" 0:2
Gollar: Barella 51', Lukaku (penalti ) 82'
"Benfika": Vlaxodimos, Jilberto, Morato, Antoniu Silva, Grimaldo, Joau Mariu, Rafa Silva, Eursnes, Shikinyu, Florentinu (Neres, 64), Gonsalu Ramush.
"Inter": Onana, Dumfris (D`Ambrozio, 87), Darmian, Acherbi, Bastoni (de Vrey, 90), Dimarko (Gozens, 63), Mxitaryan, Brozovich, Barella, Djeko (Lukaku, 63), Martines (Korrea, 63).
Ogohlantirishlar: Antoniu Silva (22), Brozovich (50), Jeko (83).
Mazkur qarama-qarshilikning javob uchrashuvi 19 aprel kuni tunda bo'lib o'tadi.



