

Jurnalist Aleksandr Troickiyning ma'lumotlariga ko'ra, oldindagi Osiyo Kubogida terma jamoani boshqa mutaxassis boshqarishi ehtimoli yuqori.
Bunday qarorga kelinishiga O'zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab bo'lgani aytilmoqda. AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o'tgan mundialda vakillarimiz guruh bosqichidan o'ta olishmadi va barcha uchta uchrashuvda imkoniyatni boy berishdi. Jamoa Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va Kongo Demokratik Respublikasiga (1:3) mag'lub bo'lib, o'z guruhida birorta ham ochko jamg'ara olmadi.
Kannavaro O'zbekiston terma jamoasini 2025 yilning 6 oktyabr kuni qabul qilib olgan va bu lavozimda Timur Kapadzening o'rnini egallagan edi. Italiyalik mutaxassis bilan "2+3" tizimi bo'yicha shartnoma imzolangan. Yani, dastlabki ikki yillik bitimga qo'shimcha ravishda kelishuvni yana uch yilga uzaytirish imkoniyati ko'zda tutilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Kannavaroning yillik maoshi 4 million evroni tashkil qiladi. Bu esa uni dunyodagi eng ko'p haq to'lanadigan milliy terma jamoa murabbiylari qatoriga qo'shadi.
Biroq, bunga qadar O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bu mablag'ning katta qismi turli bonus to'lovlaridan iborat ekanligini, asosiy kafolatlangan maosh esa pastroq ekanligini ma'lum qilgan edi.
Hozirgi vaqtda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Kannavaroning kelajagi borasida hech qanday rasmiy bayonot bergani yo'q.

