YCHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi - Levandovski

Narzulla Saydullayev
26 fev 2021, 17:33
Bavariya hujumchisi Robert Levandovski Yevropa chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Polshalik hujumchi Lacio bilan o'yinda (4:1) gol urishga erishdi. Bu gol Robert uchun YCHLdagi 72-gol bo'ldi.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga Chelsi vakili Olive Jiru, Real himoyachisi Ferlan Mendi va Manchester Siti himoyachisi Joau Kanselu ham da'vogarlik qilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com