

YCHL finali oldidan Francuzcha-nemeckiy ikkita serial ko'ramiz.
Raqobatbardosh ligalar kuchli jamoalarni kafolatlamaydi. Shunchaki ligani qiziqarliligi oshadi. Aksincha, raqobati kam, gegemonlari bor chempionat chempionlarni doim ham kuchsizlantirib qo'ymaydi. Shunchaki bazida ular kuchliligi uchun ligada raqobat ko'rinmaydi.
Kamiga YCHL restarti oldidan Fransiyada chempionat davom etmadi, Bundesliga 1,5 oy avval tugagandi. Eng qiyini o'yin amaliyotisiz qolgan Leyptsig, Bavariya, PSJ va Lion jamoalariga edi. Lekin murabbiylarning to'g'ri tayyorgarlik dasturi va balansni ushlab, kuchni to'g'ri taqsimlash yo'ldagi katta to'siqlarni yo'q qilishga kifoya qildi.
Uchala to'qnashuvda tizimli, yani hujumkor futbol va taktikadan ko'proq boxabar va rang-barang murabbiylar (Nagelsmann, Flik, Tuxel) yutdi. Qizig'i, uchalasi nemis va ular yo'l-yo'lakay bir vaqtda YCHL yarim finaliga chiqqan bir mamlakatning 3 murabbiylarga aylangan holda musobaqa rekordini qo'yishdi. Garsiya esa qo'l ostidagi kamtarin imkoniyatdan maksimal foydalandi. Maksimal sharoitdagi murabbic esa Liondek kamtarin imkoniyatli jamoaga qarshi ketma-ket 3 yil takrorlagan ishini to'rtinchi yilga uzaytirib qo'ydi. Garsiya taktik g'olib, Pep esa o'rganib qolgan ishi - mag'lubiyatni tan oldi. Muhimi, barchasi haqqoniy. Munosiblar, bugun ko'proq tayyor va to'g'ri o'ynagan jamoalar cho'qqiga ko'tarilishdi.
Qatorasiga 3 yil finalda kamida bir nemis mutaxassisi (Tuxel/Nagelsmann) chiqishi aniq.
YCHL finali bizga nemischa va balki ehtimol francuzcha filmni taqdim etishi mumkin.
Yoki finalda francuzcha-nemeckiy serialning ikki xil janrdagi 3-seriyasiga aylanib kyetish ehtimoli yo'q emas.
Komediya: Leyptsig - Lion
Drama: Bavariya - PSJ
Istalgan ssenariy qiziq.
Lekin ko'proq talab dramaga. Komediyani YCHLda tomosha qilishdan ko'ra, mavsumni dramatik tugashiga ishqibozlar ko'p.
Hozircha o'yin, natija va barqarorlik bo'yicha tushunarliki Bavariya boshqa olam. Yuqori daraja.
PSJ yulduzli klub, biroq o'yin tashkillashtirish va jamoaviy harakatda nemis grandi darajasida emas.
Lion sensaciyalar yo'lidan yurmoqda. Jamoaning holatidan kelib chiqsa, ideal natija. Lekin umumiy solishtirganda, yarim finaldagi eng kuchsizrog'i. Futbolda har doim kuchli jamoa yutmasligi va bittalik bahsda kim chiroyli emas, to'g'ri o'ynashi muhim.
Leyptsig yosh jamoa va YCHL tarixidagi eng yosh murabbiyi bilan tarix yozmoqda. Romantik jamoa. Taktik va yorqin o'yinni umumlashtirgan variantdagi Leyptsig Flikning fantastik Bavariyasi bilan o'ynagan va mag'lub bo'lmagan 2020 yildagi yagona jamoa. Hozircha Bavariya joriy mavsum hisobidan Leyptsigni yutmadi va mag'lub bo'lmadi.
Orani ochiq qilish uchun YCHL finali yaxshi manzilmi?
Ideal manzil. Lekin bu manzilga qadar katta to'siq mavjud. Francuz chegarasidan nemislar o'tadimi yoki aksincha, nemislar chegarasini francuzlar bosadimi, buni vaqt ko'rsatadi.
Shunchaki aytmoqchi bo'lganim, umuman bahorda ham takidlaganim, Bavariyaga ko'proq loyiq raqib - Leyptsigga o'xshamoqda. Ularni taqdir faqat finalda uchrashtirishi mumkin. Agar uchrashtirsa.
Xullas, 3 jozibador nemischa futbol tarafdorlariga qarshi fransiyalik mutaxassis qolgan hamkasblarining uslubiga zid bo'lgan, ammo kamtarin jamoasi bilan taktik yurish qilayotgan Garsiya qarshilik qilishga va sensaciyani takrorlashga urinib ko'radi.
Qizig'i, kelasi mavsum uch nemis murabbiyi boshqaruvidagi - Bavariya, Leyptsig va PSJ o'ynashi aniq. Lionga keyingi mavsum YCHLda o'ynash huquqini beruvchi yagona yo'l - YCHL kubogini qo'lga kiritish.



