
Ushbu guruhda asosiy masala hal etib bo'lingan. Yani PSJ va "Barselona" jamoalari keyingi bosqich yo'llanmasini o'tgan turda rasmiylashtirib bo'lishgan edi. Endi ikkita savol ochiq qolmoqda. Qaysi jamoa birinchi o'rinni qo'lga kiritishi va Yevropa ligasiga "chipta" beruvchi uchinchi o'ringa kimga nasib etishi hozircha noma'lum. PSJ va "Barselona" guruh peshqadamligi uchun kurash olib borishadi. "Ayaks" va APOEL klublari esa evrokuboklardagi ishtiroklarini davom ettirish ilinjida harakatlanishlari aniq.
PSJ bu turda o'z maydonida gollandiyaning "Ayaks" klubi bilan kurash olib borsa, kataloniyaliklar esa Kiprga safar uyushtirishadi. Fransiya yetakchilari "Ayaks"ga qarshi safardagi o'yinda etarlicha qarshilikka duch kelishgan edi.
YCHL, 5-tur.
"F" guruhi.
APOEL - "Barselona" (00:45, "NTV PLYUS Sport Onlayn")
"Neo GSP" stadioni.
Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya)
PSJ - "Ayaks" (00:45, "Sports Union")
"Park de Prens".
Bosh hakam: Matey Yug (Sloveniya)
4-turdan keyingi holat
| # | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
| 1 | Paris Saint Germain | 4 | 3 | 1 | 0 | 6 - 3 | 3 | 10 |
| 2 | Barcelona | 4 | 3 | 0 | 1 | 8 - 4 | 4 | 9 |
| 3 | Ajax | 4 | 0 | 2 | 2 | 3 - 7 | -4 | 2 |
| 4 | APOEL Nicosia | 4 | 0 | 1 | 3 | 1 - 4 | -3 | 1 |