YCHL. 6-turning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum

Narzulla Saydullayev
10 dek 2020, 09:33
UEFA Chempionlar ligasi 6-turining eng yaxshi futbolchisini aniqlashni boshladi.

Ro'yxatdan odatdagidek to'rt futbolchi o'rin oldi.

PSJ hujumchisi Neymar Istanbul bilan bahsda (5:1) xet-trik qayd etdi.

Real hujumchisi Karim Benzema Borussiya M bilan o'yinda (2:0) dublga erishdi.

Sevilya hujumchisi Yussef En-Nesiri Renn bilan uchrashuvda (3:1) dubl rasmiylashtirdi.

Shaxterning 19 yoshli posboni Anatoliy Trubin Interga qarshi bahsda (0:0) 4ta seyv namoyish etdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com