YCHL. 2-saralash bosqichi. "Neftchi" Boku o'z uyida durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2013, 08:41
Kecha Yevropa chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi dastlabki o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepayotgan "Neftchi" klubi o'z uyida Albaniya chempioni "Skenderbeu" bilan nursiz durang qayd etdi - 0:0. O'yinda Nasimov 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 

Endi keyingi haftda Albaniyada javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Neftchi Ozarboyjon – Skenderbeu Albaniya 0:0 (0:0, 0:0)
17 iyul, Bakssel-Arena
Neftchi
– Stamenkovich, Shukyurov, Bertuchchi, Denis, Mitreski, Abdullaev (Imamverdiev, 69), Sadigov, E. Ramos, Plate, Vobay (Bahodir Nasimov, 86), Flavino.
Skenderbeu – Shexi, Radash, Ademir, Arapi, Orelesi, G. Lika (Nimaga, 86), Gvozdenovich, Sefa (Abazi, 81), Shkembi, Lilyay, Peyich.
Ogohlantirishlar: Sadigov (22), Ademir (59), Arapi (65), Mitreski (77), Sefa (79), Shukyurov (81), Flavino (90), Abazi (90). 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia