YCHL. 1/4 final qur'asi 10 iyulda bo'lib o'tadi

Alisher
17 iyun 2020, 17:38
UEFA Chempionlar Ligasi 1/4 final o'yinlari uchun qur'a 10 iyulda bo'lib o'tadi.

Mart oyida to'xtab qolgan turnirning final bosqichi Lissabonda avgust oyida "8 final" shaklida bo'lib o'tadi. Bugun UEFA ijroiya qo'mitasi ushbu qarorni maqullashi kerak.

"Atalanta", "Atletiko", PSJ va "RB Leyptsig" jamoalari 1/4 finalga allaqachon yo'l olishgan. Yana to'rtta klub nomi 1/8 final javob o'yinlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.

Oldinroq, "Yuventus" - "Lion", "Barselona" - "Napoli", "Manchester Siti" - "Real" va "Bavariya" - "Chelsi" o'yinlari 7-8 avgust sanalarida bo'lib o'tishi xabar qilingan edi.

Shuningdek chorak final o'yinlari 12-15 avgust kunlari, yarim final o'yinlari 18-19 avgust kunlari, final esa 23 avgustga belgilangani ham ma'lum.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr