Dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari. Ularning ikki nafari "Shanxay SIPG"dan (TOP-10)

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2018, 16:59
Ispaniyaning Marca nashri 2017 yilda eng ko'p maoshlik shartnomaga ega bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Unga ko'ra, 2017 yilda eng ko'p maosh oluvchilar top-10ga 4 nafar Xitoy chempionati futbolchisi kirdi. Ular Graciano Pelle ("Shandon Luneng"), Xalk ("Shanxay SIPG"), Esekel Lavessi ("Xebey Chayna Forchun"), Oskar ("Shanxay SIPG").

Dunyodagi eng katta maosh egasi "Barselona" forvardi Lionel Messi ekan. 25 noyabrda Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma tuzgan Messining yillik maoshi 46 mln. evroga etdi.

TOP-10

Lionel Messi ("Barselona") - 46 mln. evro

Karlos Teves ("Shanxay Shenxua") - 38 mln. evro

Neymar (PSJ) - 36 mln. evro

Oskar ("Shanxay SIPG") - 24 mln. evro

Esekel Lavessi ("Xebey Chayna Forchun") - 23 mln. evro

Krishtianu Ronaldu ("Real") - 21 mln. evro

Xalk ("Shanxay SIPG") - 20 mln. evro

Kilian Mbappe (PSJ) - 18 mln. evro

Pol Pogba ("Manchester Yunayted") - 17,5 mln. evro

Graciano Pelle ("Shandon Luneng") - 17 mln. evro



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca