Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi

Alisher Ostonov
1 iyun 2025, 22:08
Dezire Due Chempionlar Ligasi-2024/25ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

PSJning 19 yoshli hujumkor yarim himoyachisi kecha "Inter"ga qarshi kechgan finalning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi (5:0) - u ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Dezire turnirda 16 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi, 91,2 km masofani bosib o'tdi va maksimal tezligi 33,83 km/soatni tashkil etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: uefa.com