Drinkuoter 33 yoshda faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
30 okt 2023
Angliya terma jamoasi va "Lester Siti" klubi sobiq yarim himoyachisi Denni Drinkuoter professional faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

"Men professional futboldan ketayotganimni ma'lum qilaman. Balki, bu aslida avvalroq bo'lgandir, ayniqsa, o'tgan mavsumda, biroq buni rasman e'lon qilish vaqti endi yetib keldi.

O'ylashimcha, bunday yangilikni voqealar avjiga chiqqanida emas, barchasi biroz tinchiganida aytish osonroq bo'ldi. 

Menimcha, tushunarsiz bu holat biroz cho'zilib ketdi. O'ynashni juda istardim, ammo meni qadrlashganiga munosib, o'zim istagan darajada harakat qilolmasdim, nimadir yetishmasdi. Hech qanday sababsiz o'zimni noqulay his qilardim. Men futbol o'ynaganimda ham, maydondan tashqarida ham zavqlanib yashay oldim. Shunday ekan, sportning bu turiga tashakkur deyman.

Agarda men har hafta maydonga tushib, jarohatlar yoki yoshim tufayli barchasini to'xtatshiga majbur bo'lganimda, bunday qarorni qabul qilishim og'irroq bo'lardi".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk