"Chelsi" Drinkuoterni turk klubiga ijaraga berdi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2021, 21:24
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Denni Drinkuoter "Qosimposho"ga o'tdi, deb xabar berdi "aristokratlar" rasmiy sayti.

Turkiya klubi 30 yoshli futbolchini 2020/2021 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. U joriy mavsumda London klubi safida atigi 1 ta o'yin o'tkazdi.

"Chelsi" Drinkuoterni 2017 yilda "Lester"dan 38 million evroga sotib olgandi. Umumiy hisobda u jamoa safida 23 o'yin o'tkazgan va 1 ta gol urgan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com