"Chelsi" xavbeki boshqa klubga o'tishga yaqin

Alisher
6 avg 2019, 11:16
"Chelsi" yarim himoyachisi Denni Drinkuoter faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

"Brayton" klubi "Chelsi"da o'z o'rnini to'pa olmayotgan futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard ham futbolchini yangi mavsum uchun rejalariga kiritayotgani yo'q, shunday ekan yarim himoyachining jamoadan ketish ehtimoli yuqori.

Angliyalik futbolchi yakunlangan mavsumni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Futbolchi "aristokratlar" safiga 2017 yilda "Lester" safidan kelib qo'shilgan edi.

Drinkuoter bundan tashqari "Manchester Yunayted", "Xaddersfild", "Kardiff", "Uotford" va "Barnsli" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail