

Serbiyalik yarim himoyachi 2016 yildan shu kunga qadar 106ta golni raqiblar darvozasiga joylashga ulgurdi. Yaypandagi o'yindan so'ng kechgan qisqa intervyuda Cheran bunga ham to'xtalib o'tdi.

- "Neftchi"ga qarshi o'yin haqida...
- Har bir o'yinda bo'layotgani kabi, "Neftchi" bilan ham qiyin o'yin o'tkazdik. Kurashlar ko'p bo'ldi. Raqibga biroz agressivlik va kurashuvchanlik yetishmadi. Biz uch ochko oldik. Bu hamma narsadan ustun.
- O'zbekiston chempionatida 106ta gol bilan eng yaxshi legioner to'purarlar qatorida birinchi pog'onaga chiqib oldingiz..
- Men uchun e'tiborga molik natija. Ayni damda juda xursandman. Ushbu muvaffaqiyatda menga ko'maklashgan jamoadoshlarim, do'stlarimga minnatdorchilik bildirib qolaman. 2016 yil O'zbekistonga kelganimda, 100tadan oshiq gol urish tushimga ham kirmagan edi. Ayniqsa bu qisqa vaqtda. Gollarim jamoamga foyda keltirsa bo'lgani.

- Faoliyatingizni yakuniga qadar yana nechta gol urishni maqsad qilgansiz?
- Bu haqida o'ylayotganim yo'q. Demak hali hammasi oldinda. Nechta gol urishimni vaqt ko'rsatadi.
- "Neftchi"da qandaydir o'zgarish sezdingizmi?
- Raqibning o'yinida qandaydir ijobiy tomonga o'zgarish ko'rmadim.



