Dostonbek Hamdamov: “Chempionat startida yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz”

Narzulla Saydullayev
3 mar 2017, 21:43
“Bunyodkor” – “So'g'diyona” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” yetakchisi Dostonbek Hamdamovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.

- Chempionatning 1-tur uchrashuviga qaratilgan tayyorgarligimiz yaxshi o'tdi. OCHL va oliy liga uchrashuvlari boshqa-boshqa. Jizzaxliklar tarkibini qarab chiqdim. Jamoada yaxshi futbolchilar bor. “So'g'diyona”ga qarshi bahsga tayyormiz. Chempionat startida yaxshi natija ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Dostonbek Hamdamov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia