

"Bazel" himoyachisi Manuel Akanji "Borussiya" bilan shartnoma imzoladi. 22 yoshli shveytsariyalik hamda Bundesliga klubi o'rtasidagi bitim 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, transfer 20 mln. evro evaziga amalga oshgan.
Joriy mavsumda "Borussiya"ning yangi futbolchisi "Bazel" safida 28ta rasmiy o'yinda ishtirok etib, 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.



