Dortmundning "Borussiya" klubi Rozeni iste'foga chiqardi. Murabbiy klubda bir yil ishladi

Alisher
20 may 2022, 17:17
"Borussiya" bosh murabbiy Marko Rozeni iste'foga chiqardi.

Dortmund klubi va Marko Roze hamkorlikni to'xtatishdi.

"Mavsumni chuqur tahlil qilgan klub oldinga qadam bosishga qaror qildi. Marko Rozega omad tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.

45 yoshli mutaxassis Dortmundga 2021 yilning yozida kelgan edi, Dortmundning "Borussiya" klubi uning ketishi haqida o'tgan yilning fevralidayoq e'lon qilgan edi.

"Arilar" joriy mavsum Bundesligada 34 o'yinda 69 ochko jamg'argan holda Bundesligada ikkinchi o'rinni egallashdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BlackYellow