Doniyor Hasanov: “Xorijda yig'in o'tkazamizmi yoki yo'qmi bilmayman"

Narzulla Saydullayev
24 dek 2016, 17:14
Toshkentning “Obod” jamoasi qishki yig'inni 20 dekabrdan boshlab yubordi. Jamoa o'tgan yilgiga o'xshab xorijni yig'in o'tkazadimi yoki yo'q, hozircha noma'lum.

“Biz ham barcha jamoalar singari 20 dekabrdan qishki yig'in mashg'ulotlarini boshlab yuborganmiz. “Obod” jamoasining oliy ligadagi debyut uchrashuvlari biroz qiyinchiliklar bilan o'tgan bo'lsada biroz omadli keldi. Nasib qilsa kelasi yil jiddiy o'yin ko'rsatib ijobiy natijalar qayd etishga intilamiz.

Ayni damda jamoada ijara asosida o'ynagan bir qator futbolchilar o'z klublariga qaytib ketishdi. Ularning o'rniga futbolchilar kelishmoqda. “Andijon”dan Akmal Tursunboev, Anvar Rahimov kabi futbolchilar biz bilan birga mashg'ulot o'tkazmoqda. Hozircha xorijda yig'in o'tkazamizmi yoki yo'q, bilmayman. Barchasi yangi yildan so'ng ma'lum bo'ladi”, - deydi “Obod” futbolchisi Doniyor Hasanov.

Jahongir Sotvoldiev

"Obod". Tarkibdagi futbolchilar haqida

"Obod": Mashg'ulotlar boshlandi

Rauf Inileev: "Obod"ni bekorga o'zbekning "Lesteri" deb atashmadi"

Rasman: Rauf Inileev - "Obod" bosh murabbiyi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia