Diyor Mirzaboev: "O'yin paytidagi o'zgarishlarni Viktor Kumikov amalga oshirmoqda"

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2020, 22:27
Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlarini bildirdi.



"Bugungi o'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, g'alab uchun kelgandik. "Qizilqum" jamoasini oxirgi o'yinlarini ko'rib o'rganib chiqqandik. Bugun ikkita autsayder jamoalar o'zaro to'qnashdi deya olaman. Olti ochkolik o'yin bo'ldi. Himoyadagi qo'pol  xato sabab darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Omadimiz keldi, oxirida gol urib durang qayd etdik. Natija adolatli,- deydi Diyor Mirzaboev.


- O'yin vaqtida futbolchi almashtirishni kim amalga oshirmoqda? 

- Jizzaxdagi o'yindan keyin ham aytgandim, Viktor Kumikovda hujjatlar bilan bog'liq muammolar sabab ro'yxatdan o'tmadi. O'yin davomidagi qarorlarni va o'zgarishlarni Viktor Balyutovich amalga oshirmoqda. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia