Diyor Mirzaboev: "Durang adolatli natija bo'ldi"

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2022
Pro-liganing 11-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Andijon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Bugungi uchrashuvga to'p nazorati bo'yicha tayyorgarlik ko'rgandik. Nazoratga erishsak, bizga oson bo'lishini bilardik. Standart vaziyatlardan xavotirda edik. Bitta gol qaysidir jamoaga g'alaba taqdim etadigan o'yin bo'ldi. Shohrux Xolmatov vaziyatidan foydalanganida yutib kyetishimiz ham mumkin edi. Durang natija adolatli bo'ldi.

- Tajribali futbolchi Abduqahhor Hojiakbarov maydonga tushirilmaganiga sabab nima?

- Abduqahhor Hojiakbarovda eski jarohat qaytalanib qoldi. "Aral Samali" bilan sun'iy maydondagi o'yindan so'ng uning oyog'ida og'riq paydo bo'ldi. Shu sabab unga bugun dam berishga qaror qildik.

- Bugun qaysi jamoa ochkoga erishdi deb hisoblaysiz?

- Bizni vaziyatimizdan kelib chiqsak, durang adolatli bo'ldi. Biz mag'lubiyatsiz seriyani uzoq vaqt davom ettirmoqchimiz.

- Jamoaga yangi futbolchilarni jalb etish rejasi bormi?

- Tarkibimizdan kelib chiqsak, yangi futbolchilarni jalb etmoqchimiz. Hozir har bir futbolchimizdan ko'nglim to'q. Imkoniyatdan kelib chiqib iqtidorli yoshlarni jamoaga taklif etishimiz mumkin. Asosiysi shu tarkibimizni saqlab qolishni maqsad qilganmiz.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia